

Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlarimiz yig'in doirasida 5-8-noyabr kunlari Koreya U-20 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Har ikki bahs Toshkentda bo'lib o'tadi.

U-20. Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
5 noyabr
O'zbekiston U-20 – Koreya Respublikasi U-20
8 noyabr
O'zbekiston U-20 – Koreya Respublikasi U-20
Avvalroq O'zbekiston mezbonligidagi U-20 Osiyo Kubogiga oktyabr oyi oxirida qur'a tashlanishi haqida xabar berilgan edi.



