O'zbekiston U-20 Braziliyaga qarshi o'ynashi mumkin

Mirjalol Normatov
31 mar 2023, 22:29
Braziliya futbol federatsiyasi rasmiy tvitterining yozishicha, mamlakat U-20 terma jamoasi 15-27 aprel kunlari Ispaniyada yig'in o'tkazadi va unda uchta o'rtoqlik o'yinida qatnashadi.

Dominikan Respublikasi va Iroq bilan kelishuv amalga oshib bo'lgan. Uchinchi raqib esa O'zbekiston yoki Senegal termasi bo'lishi kutilmoqda.

Braziliya futbol federatsiyasi U-20 terma jamoasining Ispaniyada o'tadigan yig'inda qatnashuvchi futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi:

Darvozabonlar: Kaki, Kaua Santos, Mikaeel.

Futbolchilar: Artur, Vinisius Tobias, Kaiki Bruno, Patrik, Beraldo, Mishel, Robert, Kaiki Melo, Andrey, Gomes, Aleksandr, Ronald, Luis Gilerme, Endrik, Jovani, Leonardo, Vitor Roke, Gilerme Biro, Jovane, Pedrino.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-20 terma jamoasi yaqinda Osiyo chempioni bo'lgan va hozir bo'lajak Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia