O'FF Terma jamoalar markazi bergan ma'lumotga ko'ra tomonlar o'zaro kelishuvga erishgan va iyul oyi boshida O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Vengriyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini davomida Vengriya U-19 yoshlariga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Shu yilning oktyabr oyida Myanmada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi iyul oyi dastlabki o'n kunligida Vengriyada o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Mazkur yig'in davomida O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Vengriya U-19 yoshlariga qarshi 8 va 11 iyul kunlari o'rtoqlik-nazorat o'yinlarini o'tkazadi. Ikkala o'yin ham Budapeshtdagi Global Sport majmuasida bo'lib o'tadi.
Takidlash joiz, ayni damda terma jamoani katta murabbiy Ilhom Mo'minjonov shug'ullantirmoqda. Sergey Lushan terma jamoani tark etgach, undan qolgan vakat o'ringa nomzodlar orasidan yangi murabbiy nomi tez kunlarda e'lon qilinadi.