O'zbekiston U-19 terma jamoasi Qatar yoshlariga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
16 okt 2017
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik ko'rish doirasida Qatar yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Tomonlar o'rtasidagi o'yin 18 oktyabr, chorshanba kuni bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan. Aleksandr Mochinov Qatar U-19 termasiga qarshi o'yin uchun 21 nafar futbolchini jalb qildi.  

Darvozabonlar: Umidjon Ergashev (“Nasaf”), Javohir Qilichev (“Bunyodkor”);

Himoyachilar: Ibrohim Yo'ldoshev (“Paxtakor”), Abubakir Mo'ydinov (“Bunyodkor”), Nodir Kuybakov (“So'g'diyona”), Elbek Jumanov (“Yangier”), Jasur Rahimov (“Paxtakor”), Shahzod Mirsolixov (“Bunyodkor”), Dilshod Saidov (“Nasaf”);

Yarim himoyachilar: Suxrob Izzatov (“Bunyodkor”), Asadbek Sobirjonov (“Paxtakor”), Rasul Yo'ldoshev (“Bunyodkor”), Abbos Jumaqulov (“Cementchi”), Alisher Salimov (“NBU-Osiyo”), Shohruxbek Abdurahmonov (“NBU-Osiyo”), Hasan Yo'ldoshev (“Bunyodkor”), Shahboz Umarov (“Olmaliq”);

Hujumchilar: Jahongirbek Abdusalomov (“Bunyodkor”), Sanjar Zokirov (“Cementchi”), Islom Kenjaboev (“Nasaf”), Mahmud Qudratullaev (“Paxtakor”).

Ma'lumot uchun, shu yilning 30 oktyabr – 8 noyabr kunlari U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi o'yinlari o'tkaziladi. “B” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi OCH yo'llanmasi uchun mezbon Tojikiston, Shri-Lanka, Bangladesh va Maldiv orollariga qarshi kuch sinashadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com