O'zbekiston U-19 terma jamoasi “GSB Bangkok Cup” musobaqasiga yo'l olish oldidan yig'in boshladi

Narzulla Saydullayev
4 okt 2019
Noyabrda 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o'tkaziladi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ayni paytda Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tayyorgarlik doirasida bir qator musobaqa va o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushmoqda. Oktyabr oyida O'zbekiston U-19 terma jamoasi yana bir xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Vakillarimiz Tailandda o'tadigan “GSB Bangkok Cup” musobaqasiga taklif oldi. Mazkur musobaqada, shuningdek, Janubiy Koreya, Tailand va Vetnam yoshlar terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishadi.

Mazkur musobaqa oldidan terma jamoamiz bugundan yig'in boshladi. Rejaga ko'ra, O'zbekiston U-19 terma jamoasi 7 oktyabrga qadar Toshkentda mashg'ulotlar olib boradi. So'ngra Tailandga yo'l oladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz