O'zbekiston U-19 terma jamoasi BAA yoshlar terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
17 okt 2019
Bilasiz, joriy yilning noyabr oyida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o'tkaziladi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ayni paytda Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tayyorgarlik doirasida bir qator musobaqa va o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushmoqda. Yaqindagina mazkur yosh toifasidagi terma jamoamiz Tailandda o'tkazilgan “GSB Bangkok Cup” musobaqasida ishtirok etdi va 3-o'rinni egalladi.

Oktyabr oyi so'nggida terma jamoamiz yana bir xalqaro o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. 20 oktyabr – 1 noyabr kunlari  Birlashgan Arab Amirliklari yoshlar terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazadi. Mazkur yig'in doirasida O'zbekiston hamda BAAning U-19 terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik o'yinida bahs yuritishadi. Uchrashuv 30 oktyabr sanasida bo'lib o'tadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz