O'zbekiston U-19 terma jamoasi Andijonda, ertaga Berlin akademiyasiga qarshi o'yin

Narzulla Saydullayev
20 may 2019
Otabek G'ulomxo'jaev boshchilik qilayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Germaniyaning Berlin futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi vodiyda ikki o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

21 may kuni yoshlarimiz Andijon shahridagi “Sog'lom avlod” stadionida o'zaro to'qnashuvning birinchisida maydonga tushadilar. Oradan ikki kun o'tib - 23 may kuni esa Namangandani markaziy stadionda tomonlar takroran kuch sinashadi.

Kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zolari Andijon shahriga yetib keldi va Vella Elegant mehmonxonasiga joylashdi.

Bugun ertalab Germaniya yoshlar terma jamoasi havo yo'llari orqali Toshkentga yetib keladi va engil moshinalarda Andijon shahri tomon yo'lga chiqadi. Tushlikdan so'ng nemislar ham Vella Elegant mehmonxonasiga tashrif buyurishi kutilmoqda.

20 may kuni soat 16:00da Vella Elegant mehmonxonasining anjumanlar zalida har ikkala terma jamoaning bosh murabbiyi va futbolchisi ishtirokida ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani tashkil etiladi.



Otabek G'ulomxo'jaev xalqaro o'rtoqlik o'yini uchun 22 nafar futbolchini jalb qildi:

DARVOZABONLAR:


1. Abduvohid Ne'matov
12. Amal Shavketov

HIMOYACHILAR:

2. Saidazamat Mirsaidov
3. Doston Tursunov
5. Alibek Davronov
6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev
13. Eldor Begimov
14. Sunnat Hamidjonov
22. Diyor Rahimqulov

YARIM HIMOYACHILAR:


8. Ibrohim Ibragimov
10. Jasur Jaloliddinov
11. Behzod Shamsiev
15. Diyor Ramazonov
18. Diyor Xolmatov
21. Ulug'bek Aknazarov
23. Mironshoh Sattorov

HUJUMCHILAR

7. Hojimat Erkinov
9. Farhod Sohibjonov
17. Ruslan Roziev
19. Ulug'bek Hoshimov
20. Muzaffar Olimjonov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia