O'zbekiston U-19 terma jamoasi 3 avgust kuni Toshkentda yig'in boshlaydi

Narzulla Saydullayev
2 avg 2020
Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Yoshlar terma jamoamiz 3 avgustdan 13 avgustga qadar poytaxtimizda yig'in o'tkazadi. Jamoa "Chig'atoy"da istiqomat qiladi. Tez orada ushbu yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 terma jamoasi oktyabr oyida mamlakatimizda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Bugun ushbu musobaqa final bosqichiga qur'a tashlandi. Unga ko'ra, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mezbon sifatida "A" guruhida Indoneziya, Kambodja va Eron bilan kuch sinashadigan bo'ldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia