Vyacheslav Soloxo murabbiylik qilayotgan O'zbekiston U-19 ayollar termasi Vetnamda 9 avgust kunigacha yig'in o'tkazishi haqida avvalroq xabar bergan edik. Mazkur yig'in davomida davomida O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi mezbon - Vetnam U-19 ayollar termasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan edi. Rejaga ko'ra, dastlab terma jamoalar 6 avgust kuni o'zaro ilk o'yinda maydonga tushishgan va uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.
Bugun, har ikkala terma jamoa o'zaro ikkinchi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishdi va uchrashuv Vetnam U-19 ayollar terma jamoasining minimal hisobdagi g'alabasi bilan tugadi - 1:0
Takidlash lozim, ushbu yig'in O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi uchun noyabr oyida bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionati saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.