O'zbekiston U-18 termasi Gruziya yoshlariga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
24 apr 2017
Shu yilning 17–23 may kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tab kelgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi may oyi boshida ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Aleksandr Mochinov qo'li ostidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi 2 va 4 may kunlari Tbilisida Gruziya yoshlar termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Bo'lajak o'yinlar O'zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com