O'zbekiston U-17 yordamchi murabbiyi Anvar Rahimov: "Shogirdlarimiz turnir davomida ulkan mehnat qilishdi, ularga minnatdorchilik bildiraman"

Mirjalol Normatov
26 noya 2023
O'zbekiston U-17 terma jamoasi yordamchi murabbiyi Anvar Rahimov Fransiyaga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

"Bosh murabbiysiz musobaqada ishtirok etish juda qiyin. Uning vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi va jamoada katta rol o'ynaydi. Murabbiyning chetlatilgani ham o'yinga ta’sir o'tkazdi. Maqsadimiz g'alaba qozonish edi, bunday natija, albatta, bizni mamnun etmaydi. Biroq yigitlar bor kuchini ishga solgan holda harakatlanishdi va turnir davomida ulkan mehnat qilishdi, ularga minnatdorchilik bildiraman", - dedi Rahimov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-17 jahon chempionatining eng kuchli sakkiz jamoasi qatoridan o'rin oldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia