O'zbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo kubogida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
28 mar 2025
3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistoni mamlakatida 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkaziladi.

O'FA matbuot xizmati O'zbekiston terma jamoasining ushbu musobaqa uchun yakuniy qaydnomasini e'lon qildi.

Darvozabonlar: Ibrohim Shokirov, Bahodir Izboskanov, Nematulloh Rustamjonov.

Himoyachilar: Hojiakbar Botiraliev, Muhammad Hakimov, Mo'minxon Bahodirxonov, Amirxon Murodov, Miraziz Abdukarimov, Behruz Saidmurodov, Muhammadali Musaxonov, Dilyorbek Mahmudjonov.

Yarim himoyachilar: Sadriddin Hasanov, Akbar Muhammadov, Muhammad Xabibullaev, Sayfiddin Sodiqov, Abdulloh Fazliddinov, Azizbek Abdumo'minov, Jamshidbek Rustamov, Abubakr Shukurullaev, Azizbek Erimbetov, Faridjon Abdullaev.

Hujumchilar: Nurbek Sarsenbaev, Asilbek Aliev.

Bosh murabbiy: Islom Ismoilov.

Eslatib o'tamiz, jamoa "A" guruhida mezbon Saudiya Arabistoni, Tailand va Xitoy bilan ro'baro' keladi. Islom Ismoilov shogirdlari turnirdagi ishtirokini 3 aprel kuni Tailandga qarshi o'yin bilan boshlaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати