O'zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi "UEFA Rivojlanish turniri"da ishtirok etadi (+taqvim)

Omonjon To`xtamirzayev
17 may 2023
O'zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi 24 - 29-may kunlari Rossiyaning Volgograd shahrida bo'lib o'tadigan "UEFA Rivojlanish turniri"da ishtirok etadi.

Ushbu terma jamoani tajribali mutaxassis Vladimir Panov boshchiligidagi murabbiylar shtabi boshqarib boradi.

O'zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi turnirni Belarus terma jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

24-may
Belarus - O'zbekiston

26-may
Qirg'iz R. - O'zbekiston

29-may
O'zbekiston - Rossiya


UEFA tomonidan muntazam ravishda tashkil etiladigan rivojlanish turnirlari yosh o'g'il va qizlarga xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini beruvchi musobaqa hisoblanadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ЎФА