O'zbekiston U-17 Eron o'smirlariga kichik hisobda mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
22 avg 2013
O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 22 avgust kuni Eron o'smirlar terma jamoasiga qarshi uchinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Toshkentda yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 22 avgust kuni Toshkentdagi JAR stadionida Eron o'smirlar terma jamoasiga uchinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvda Eron o'smirlar terma jamoasining qo'li baland keldi - 0:1. Uchrashuvdagi yagona gol o'yinning 35 daqiqasida kiritilgan.

Eslatib o'tamiz, Nuraliev shogirdlari Toshkentdagi yig'in davomida Eron o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Dastlab, 18 avgust kuni o'tkazilgan o'yinda o'zbekistonlik o'smirlar 2:0 hisobida g'alaba qozondi. 20 avgust kuni o'tkazilgan ikkinchi o'yinda ham, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining qo'li baland keldi - 2:1.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining Toshkentdagi yig'ini shu bilan o'z yakuniga etdi. Nuraliev boshchiligidagi terma jamoa o'zining navbatdagi yig'inini 2-9 sentyabr kunlari Avstriyada o'tkazadi. Ushbu yig'in davomida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi, Avstriya o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita nazorat-o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi shu yilning 17 oktyabr - 8 noyabr kunlari BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichida ishtitrok etadi.

O'rtoqlkik uchrashuvi. Toshkent. JAR stadioni.
O'zbekiston U-17 - Eron U-17 - 0:1
Gol:
Amir Muhammad Mazlum
O'zbekiston: SH. Eshbutaev, SH. Raimov, Z.Umarov, I. Abdullaev, A. Komilov, O. Erkinov, D. Xushbokov, J. Siddiqov, R. Xursanov, SH. Ochilov, X.Agzamov;
Zahiradan maydonga tushganlar: A.Jo'raboev, R.Ashurmatov, SH.Qilichev, B.Daminov, A.Nematillaev, J.Davlatjonov, O.Xamrobekov, I. Abdullaev, A. To'raev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com