O'zbekiston U-16 - Guam U-16 - 3:1

Narzulla Saydullayev
19 sen 2018
Bugun O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankada bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatining saralash bosqichidagi ikkinchi o'yinini Guam U-16 ayollar terma jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Murosasiz kechgan bahsda Ilhom Xanjariev shogirdlari 3:1 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi. Gollarga Oysara Suyunova, Leyla Oraniyazova hamda Parvina Sodiqovalar mualliflik qilishdi.

O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi o'zining navbatdagi bahsini 21 sentyabr kuni, musobaqa mezboni – Shri –Lanka terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
 
19 sentyabr, Kolombo, Shri-Lanka

O'zbekistan – Guam 3:1
Gollar
: Oysara Suyunova (23), Leyla Oraniyazova (39), Parvina Sodiqova (65) – Jinae Bernadette (64)
O'zbekiston: 1. Angelina Polyushkevich, 6. Oysara Suyunova, 7. Kamola Erkinova, 9. Diyora Jo'raboeva, 10. Parvina Sadiqova (22. Mahzuna Abdukarimova –71), 11. Leyla Oraniyazova (4. Zarina Jumaeva – 53), 13. Zarina Mamatkarimova, 14. Kosnikova Marina (81.O'g'iloy Sadullaeva – 81),15. Umida Hatamova, 19. Durdona Alieva, 21. Nodira Iskandarova.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz