O'zbekiston U-15 terma jamoasi Xorvatiyaga boradi

Narzulla Saydullayev
7 may 2022
O'zbekiston U-15 milliy terma jamoasi 11-15-may kunlari Xorvatiyada bo'lib o'tadigan "Vlatko Markovich" U-15 xalqaro turnirida ishtirok etadi.

Ushbu terma jamoani tajribali mutaxassis Zayniddin Tojiev boshchiligidagi murabbiylar shtabi boshqarib boradi.

Musobaqada umumiy 8 ta - Xorvatiya, O'zbekiston, Irlandiya, Bosniya va Gertsegovina, Uels, Bolgariya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya terma jamoasi ishtirok etadi. Vakilalarimiz “A” guruhidan joy olgan bo'lib, guruhda Xorvatiya, Irlandiya va Chernogoriya terma jamoalariga qarshi to'p surishadi.

11 may
Xorvatiya - O'zbekiston

12 may
O'zbekiston - Irlandiya

13 may
O'zbekiston - Chernogoriya

15 may
Pley-off uchrashuvi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz