

Ma'lumotlarga qaraganda, O'zbekiston MTJ ustozi ayni damda TUrkiyada bo'lib turibdi. Sloveniyalik mutaxassis "Paxtakor"ning o'rtoqlik o'yiniga tashrif buyurib, termaga nomzod futbolchilar o'yinini bevosita voqea joyidan tomosha qilgan.
Shuningdek, milliy termamiz ustozi Qozog'istonning "Ordabasi" klubi mashg'ulotlarida bo'lib, yarim himoyachi Shahboz Umarovning harakatlarini kuzatib borgan.
Srechko Katanets endilikda Antaliyada yig'in o'tkazayotgan boshqa jamoalarimiz uchrashuvlarini kuzatib borishi kutilmoqda.



