O'zbekiston terma jamoasi "Kim Il Sung" stadioniga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2015
O'zbekiston milliy terma jamoasining KXDRga qarshi o'yini boshlanishi arafasida.
"O'zbekiston milliy terma jamoasi Pxenyandagi "Kim Il Sung" stadioniga yetib keldi. Afsuski stadionda bahsning matnli translyatsiyasini olib borishning imkoni yo'q. Biroq imkon qadar natijadan xabardor qilib boramiz", - deb yoziladi O'FFning tvitterdagi rasmiy sahifasida.

Eslatib o'tamiz, KXDR - O'zbekiston uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. SPORT telekanali o'yinni jonli ravishda namoyish etmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia