O'zbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan o'yinni nima uchun bekor qildi? Rashidov chaqiriladimi? Vadim Abramovdan javob

Aslanov Jasurbek
11 mar 2021
Saytimiz orqali O'zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlarida Yaponiya bilan o'rtoqlik o'yinini bekor qilganini, Toshkentda Iroq bilan uchrashuv o'tkazishini ma'lum qilgan edik.

"Tezkor Studiya"ning kechagi jonli efirida terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov yuqoridagi ma'lumotlarga munosabatini bildirdi. 


"Toshkentda Iroq bilan o'ynashimiz aniq bo'lib ulgurgan. Agarda raqib topa olmasak, balki, ikkita o'yin o'tkazarmiz. Ha, Yaponiya bizni taklif qildi. Lekin, biz uzoq parvoz qilishimiz va uch kun karantinda o'tirishimiz kerak. Yana Toshkentga qaytishimiz ham bor. Bular ko'p vaqtni olib qo'yadi. Mart oyidagi yig'inga legionerlarni ham jalb qilishimiz mumkin. Masalan, Eldor Shomurodov to'g'ridan-to'g'ri kela olmaydi. Yevropadan Toshkentgacha etti soatda yetib keladi.  Sardor Rashidovni chaqirish masalasini o'ylab ko'ramiz. Oldinda yana ikkita tur bor, kuzatamiz",- deydi Abramov.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia