O'zbekiston terma jamoasi Turkmaniston va Eronga qarshi o'yinlar uchun qaydnomani e'lon qildi. Tarkibda 2 nafar hujumchi bor

Sherzod Nurmatov
31 may 2024
Milliy jamoa iyun oyidagi FIFA kunlarida JCH 2-saralash bosqichining so'nggi ikki uchrashuvida Turkmaniston va Eronga qarshi bahs olib boradi.

Bosh murabbiy Srechko Katanets tomonidan mazkur yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar - Botirali Ergashev ("Neftchi"), O'tkir Yusupov ("Navbahor"), Abduvohid Ne'matov ("Nasaf");

Himoyachilar - Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Umar Eshmurodov ("Selangor" Malayziya), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Abdulla Abdullaev ("Xor Fakkan", BAA), Abduqodir Husanov ("Lans", Fransiya), Farruh Sayfiev ("Navbahor"), Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor"), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf");

Yarim himoyachilar - Abdurauf Bo'riev ("Olimpik"), Otabek Shukurov ("Kayserispor", Turkiya), Hojimat Erkinov ("Al Vahda", BAA), Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Abbos Fayzullaev (SSKA), Diyor Xolmatov ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Navbahor"), Aziz Turg'unboev ("Sivasspor", Turkiya), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron);

Hujumchilar - Eldor Shomurodov ("Kalyari", Italiya), Azizbek Amonov ("Xor Fakkan", BAA).



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати