O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida Malayziyada Urugvay bilan o'ynaydi

Iskandarov Abdulaziz
30 avg 2025
Lotin Amerikasi vakili raqibimiz bo'lishi aniq bo'ldi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyoragarlik jarayonida bir qator kuchli raqiblarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishni reja qilgan. 

"Oq bo'rilar" oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Malayziyada Urugvay bilan o'rtoqlik o'yinida qatnashadi. Bahs ushbu mamlakatning Johor shahrida 13 oktyabr sanasida o'tkaziladi. "Sulton Ibrohim" stadioni esa bellashuvga mezbonlik qiladi.

Ma'lumot uchun, vakillarimiz bunga qadar 2018 va 2019 yillarda ikki marotaba Urugvayga qarshi o'rtoqlik bahsida maydonga chiqqan. Bunisi uchinchi qarama-qarshilik sifatida tarixga kiradi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia