Alijonov Eron klubi bilan kelishuvga erishdi

Khoja
3 yanv 2026
"Fars" agentligiga ko'ra, "Persepolis" "Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov bilan kelishuvga erishgan.

U "qizillar" bilan 1,5 yillik shartnoma tuzadi va o'ng qanot himoyasida jamoani tark etgan Serj Ore o'rnini egallaydi. 

Avvalroq,  "Persepolis" "Paxtakor"ga Alijonovning transferi uchun deyarli 800-1 million dollar atrofiga yaqin taklif bermoqchiligi haqida xabar berlgandi. 

28 yoshli himoyachi "Paxtakor" jamoasi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "sherlar" safida jami 229 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 10 ta gol va 48 ta assist bor.


KhojaMuallif
Manba: fars