O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2019
Samarqandning “Dinamo” klubi safida uzoq muddat ishonchli o'yin namoyish etgan mahoratli futbolchi Sirojiddin Sayfiev vafot etdi.

2014 yilda og'ir jarohat olgan va faoliyatini yakunlagan Sayfiev bir necha yil davomida og'ir hastalikni boshdan kechirdi.

Faoliyati mobaynida, shuningdek Qozog'istonning “Taraz” va G'uzorning “Sho'rtan” klublari sharafini himoya qilgan “Dinamo”ning sobiq a'zosi vafot etgani munosabati bilan Professional futbol ligasi marhumning yaqinlari va oila-a'zolariga taziya izhor qiladi.

Sirojiddin Sayfievning vafoti munosabati bilan 23 fevral kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz