

Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi terma jamoaning Belarusga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarining dastlabkisi 25 iyunda bo'lsa, ikkinchi o'yin 27 iyun sanasiga belgilangan. O'yinlar Minsk shahrida bo'lib o'tadi. Har ikki uchrashuv mahalliy vaqt bilan 18:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga final bosqichiga tashlangan qur'a natijasiga ko'ra KXDR, Tailand hamda Yaman jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan.
Olimxo'jaev shogirdlari turnirni 17 sentyabr kuni Tailandga qarshi o'yin bilan boshlaydi. 20 sentyabrda Yaman va 23 sentyabr kuni esa KXDRga qarshi maydonga tushadi.



