O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi BAA bilan durang o'ynadi

Aslanov Jasurbek
5 noya 2020
BAAda yig'in o'tkazayotgan Olim Shokirov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi kecha amirliklarning shu yoshdagi terma jamoasiga qarshi maydonga chiqdi.

1:1 hisobida durang natija qayd etilgan uchrashuvda o'smirlarimizning yagona goliga 15-daqiqada Shahzod Akromov mualliflik qildi. Terma jamoamiz BAA bilan uchrashuvni quyidagi tarkibda boshladi. 

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi: Asror Kenjaev, Sunnat Poyonov, Mirkomil Abdurazzoqov, Abduqodir Husanov, Kirill Todorov, Muhammadali Usmonov, Alisher Hayrullaev, Rian Islomov, Shahzod Akromov, Asad Qahhorjonov, Rustam Turdimurodov.

Zaxira: Edem Sergeev, Asan Vaniev, Javohir O'tamurodov, Abdulloh Mo'minov, Shahzod Akbaraliev, Nodir Habibullaev, Muhriddin Pazliddinov, Asad Beglarxonov, Husan Mahmudov, Po'lat Jumaxonov, Sardor Xojiboev, Muhammadali O'rinboev.

 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ufa.uz