O'zbekiston olimpiya terma jamoasida Yo'ldoshev o'rniga boshqa futbolchi qaydnomaga kiritildi

Aslanov Jasurbek
27 iyul 2024
Ibrohim Halil Yo'ldoshoev oilaviy sababga ko'ra O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ixtiyorini tark etgan edi.

O'FA xabar berishicha, Ibrohim Halil o'rniga Alisher Odilovni qaydnomaga kiritish bo'yicha tashkiliy qo'mitaga so'rov yuborilgan va ular ijobiy javob olishgan.

Endi Misrga qarshi guruh bosqichining 2-tur o'yinida Alisher Odilov bahs qaydnomasidan joy olishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz