O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamdagi musobaqani g'alabasiz tugatdi

Narzulla Saydullayev
8 avg 2018
Vetnamdagi xalqaro musobaqaga Sunnatillo Abdurasulov boshchiligida O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilar borgani haqida ma'lumot bergan edik.

Musobaqaning so'nggi o'yinida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnam bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etib, musobaqaning umumiy jadvalida 2 ochko bilan 3-o'rinni egalladi. Eslatib o'tamiz, birinchi tur o'yinida Ummon olimpiya terma jamoasiga qarshi 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan bo'lsa, Falastin OTJga qarshi o'yinda O'zbekiston OTJ 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
 
Vetnamdagi xalqaro musobaqa O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod bo'lgan futbolchilarni sinovdan o'tkazish, ularga xalqaro o'yinlar tajribasini taqdim qilish va saralab olish vazifasini bajarib beradi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz