O'zbekiston MTJning Iroqqa qarshi o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA

Tolibjon Qosimov
9 sen 2019
O'zbekiston MTJ bugun Iroqqa qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz kecha bahs bo'lib o'tadigan "Qirol Abdulloh 2" stadionida rasmiy mashg'ulot o'tkazdi. Unda barcha o'yinchilar to'liq ishtirok etishdi. Faqatgina, Odil Ahmedov va Ikrom Aliboevlar Falastinga qarshi bellashuvdan keyin o'z klublari ixtiyoriga qaytib kyetishgan. Terma jamoamizning bugungi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Foto: Tolibjon Qosimov

Toshkentdan uchish oldidan ota bo'lgan Islom To'xtaxo'jaev hamda bugun ota bo'lgan Jaloliddin Masharipov.



Eslatib o'tamiz, Iroq hamda O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 9 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent vaqti bilan 21:30)da Iordaniya poytaxti Ammanda joylashgan "Qirol Abdulloh ikkinchi" stadionida bo'lib o'tadi.


Terma jamoamizning bugungi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia