O'zbekiston MTJni boshqarishga nomzod murabbiy "Torino" ustoziga aylandi

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2018
Italiyalik mashhur mutaxassis Valter Maccari "Torino" bosh murabbiyi deb e'lon qilindi.

Bu haqda klub rasmiy sayti e'lon qildi. 56 yoshli mutaxassis 2016-2017 yillarda "Uotford"da ishlagan edi.

"Torino" - ajoyib klub. Menga chaqiruv kerak edi, ammo havotirdaman. Hamkasbimning o'rnini egallash biroz qayg'uli. Futbolchilar Mixaylovichga bog'lanib qolishgan edi, buni tushunaman.

Yigitlardan g'oyam bo'yicha o'ynashni iltimos qildim. Muammo chiqadi deb o'ylamayman. Xodimlar bilan uchrashdim. Ularning har biri muvaffaqiyatimizga o'z hissasini qo'shishi kerak.

Italiyaga qaytdim, chunki bu er men uchun ideal joy" - deydi Maccari.

Oldinroq, O'zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy saytida Valter Maccari milliy terma jamoani boshqarishi mumkin bo'lgan nomzodlar orasida ekanligi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia