O'zbekiston MTJga nomzod futbolchi ikkinchi davrani “So'g'diyona“da o'tkazadi

Khoja
4 iyul 2025
“Qizilqum“ himoyachisi Dilshod Komilov faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi.

U Superliganing ikkinchi davrasini “So'g'diyona“ safida o'tkazadi. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.

26 yoshli himoyachi joriy mavsum “Qizilqum“ safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia