O'zbekiston MTJ Turkiyaga uchib ketdi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2018
O'zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Kecha milliy terma jamoamiz a'zolari tibbiy tekshiruvdan o'tishdi. Terma jamoa shifokori Abror Pirrievning ma'lum qilishicha, barcha futbolchilarning sog'lig'i joyida. Jarohati bezovta qilayotganlar yo'q.

Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoamiz a'zolari erta tongda Toshkent - Istambul - Antaliya yo'nalishida Turkiyaga jo'nab ketishdi. Futbolchilarimiz 29 dekabrga qadar Turkiyada yig'in o'tkazib, keyin poytaxtimizga qaytib kelishadi. 3 kundan keyin esa Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo'nab ketishadi.


Ushbu yig'inda quyidagi futbolchilar ishtirok etishadi. 


Darvozabonlar:

Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912")
Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
Javohir Ilyosov ("Metallurg")
 
Himoyachilar:
Egor Krimec ("Paxtakor")
Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
Doston Tursunov ("Neftchi")
Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv")
Oleg Zoteev ("Lokomotiv")
Farrux Sayfiev ("Paxtakor")
Akmal Shorahmedov ("Paxtakor")
Davron Hoshimov ("Navbahor")
 
Yarim himoyachilar:

Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy)
Otabek Shukurov ("Sharja", BAA)
Dilshod Rahmatullaev ("Paxtakor")
Fozil Musaev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Aziz Turg'unbaev ("Navbahor")
Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
Jasur Yaxshiboev ("Paxtakor")
Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912")
Ikrom Aliboev ("Seul", Janubiy Koreya)
Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya)
 
Hujumchilar:
Marat Bikmaev ("Lokomotiv")
Sardor Rashidov ("Lokomotiv")
Ivan Nagaev ("Qizilqum")



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz