O'zbekiston MTJ. Faqat Shomurodov qatnashmagan mashg'ulot

Narzulla Saydullayev
20 sen 2022
Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya safaridan oldingi so'nggi mashg'ulotini o'tkazdi.

Terma jamoamiz delegaciyasi bugun soat 22:15da Toshkent-Seul reysi bilan Janubiy Koreyaga jo'nab ketishi tufayli bugungi mashg'ulotlar kuning birinchi yarmida o'tkazildi. Soat 10:00da "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonda o'tgan mashg'ulotda yig'inga chaqirilgan 23 nafar futbolchining deyarli barchasi qatnashdi. Faqatgina "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov mashg'ulotda qatnashmadi. Kechagi mashg'ulotda ishtirok etmagan IbrohimHalil Yo'ldoshev va Otabek Shukurov terma jamoamiz ixtiyoriga yetib keldi.





Yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati: 

Darvozabonlar: Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev (AGMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor")

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Navbahor"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Pari NN”), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf"), Abdulla Abdullaev (AGMK), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv")

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Otabek Shukurov ("Fatix Karagumruk"), Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), Oston O'runov ("Ural"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Shahboz Umarov ("Ordabasi"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Xojimat Erkinov ("Torpedo")

Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Roma"), Igor Sergeev ("Tobol")


Fotogalereyani to'liq holda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin: FOTOGALEREYA

foto: Jahongir Fayzullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia