O'zbekiston MTJ AQSHga qarshi o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazdi
Aziz Tukhtamuradov
9 sen 2023
Bugun O'zbekiston Milliy terma jamoasi Amerika Qo'shma Shtatlari terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
Terma jamoamiz a'zolari ushbu o'yin oldidan uchrashuv o'tkaziladigan "Citypark" stadionida mashg'ulot o'tkazishdi. O'FA matbuot xizmati ushbu mashg'ulotdan suratlarni taqdim etdi.
Eslatib o'tamiz, o'yin Toshkent vaqti bilan soat 02:30da boshlanadi.