O'zbekiston milliy terma jamoasining kechagi mashg'ulotiga Antonio Sarioglou boshchilik qildi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2021
O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirmoqda.

Kunning ikkinchi yarmida MTJ a'zolari Dubay shahrida joylashgan "The Sevens" stadionida mashg'ulot o'tkazdi. Ushbu mashg'ulotni jamoaning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Antonio Sarioglu olib bordi.

Vadim Abramov yordamchi murabbiy Viktor Tishenko bilan birgalikda jamoamizning bo'lajak raqiblari hisoblangan "Zenit" hamda Iordaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini tomosha qilish uchun "Nas" sport majmuasiga bordi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ufa.uz