

Jahon chempionatiga tayyorgalik olib borayotgan jamoamizning tibbiy shtabiga bir qator tajribali mutaxassislar jalb qilinishi rejalashtirilgan.
Xususan, uzoq yillar davomida Italiya milliy terma jamoasi shifokori sifatida faoliyat yuritgan, sport tibbiyoti va ortopediya sohasida katta tajribaga ega mutaxassis Enriko Kastellachchi terma jamoa tibbiy shtabida ish boshlaydi. Kastellachchi Italiya futbol shifokorlari associaciyasi prezidenti hamda Italiya ortoped-travmatologlari milliy associaciyasi vice-prezidenti sifatida ham faoliyat olib borgan.
Shuningdek, terma jamoa tibbiy shtabiga italiyalik fizioterapevt - Simone Sidjilo ham jalb etildi. Ushbu mutaxassis faoliyati davomida “Palermo”, “Salernitana” va “Benevento” klublarida ishlagan.



