O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Xitoy va Vetnam bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Administrator
23 avg 2023, 20:36
Terma jamoamiz oktyabr oyidagi yig'inlarni Sharqiy Osiyoda o'tkazadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Cian (Xitoy Xalq Respublikasi) shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi. Srechko Katanets boshqaruvidagi jamoamiz yig'in doirasida 13-oktyabr kuni Vetnam, 16-oktyabr kuni esa Xitoy milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqida O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rasman ma'lum qildi. 

13-oktyabr

O'zbekiston - Vetnam

16-oktyabr

Xitoy - O'zbekiston


AdministratorMuallif
Manba: ufa.uz