O'zbekiston MTJ sentyabr oyida Kosta-Rika va Kamerun bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2022
OFK kalendariga muvofiq, sentyabr oyidagi milliy terma jamoalar uchun belgilangan FIFA kunlarida O'zbekiston milliy terma jamoasi Koreya Respublikasida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishni rejalashtirgan.

Ushbu yig'in davomida vakillarimiz 2022 yilgi Jahon chempionati ishtirokchilari - Kamerun va Kosta-Rika milliy terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Mazkur bahslar 23 va 27-sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.

23 sentyabr
Kamerun - O'zbekiston

27 sentyabr
Kosta-Rika - O'zbekiston


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz