O'zbekiston Liga Kubogi. Chorak finalga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2019
Bugun O'zbekiston Liga Kubogi musobaqasining chorak finaliga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra "Paxtakor" o'z uyida PRO-liga ishtirokchisi "Sho'rtan"ni qabul qiladi. Toshkent viloyati derbisi Olmaliqda bo'lib o'tadi. "Nasaf" vodiyda "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ladi. Nihoyat "Dinamo" Samarqandda "Andijon"ni sinovdan o'tkazadi. 

Bitta o'yindan iborat bahslar 14 avgust kuni bo'lib o'tadi.


O'zbekiston Liga Kubogi-2019.
Chorak final. 14 avgust

"Paxtakor" - "Sho'rtan"
AGMK - "Metallurg"
"Qo'qon-1912" - "Nasaf"
"Dinamo" - "Andijon"


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia