O'zbekiston Kubogi. 1/8 final juftliklari ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
29 may 2024
O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Hozirgina O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichiga qur'a tashlandi. Unga ko'ra, "Navbahor" "Buxoroni" qabul qilsa, "Paxtakor" Nukusga, "Neftchi" esa Jizzaxga boradigan bo'ldi.

Ma'lumot uchun, kubok 1/8 finaliga 16 jamoa yo'llanma olgan. O'z guruhida ikkinchi bo'lgan jamoalar mazkur bosqichni safarda o'tkazishiga to'g'ri keladi. Guruh peshqadamlari esa o'z maydonida uchrashuv o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, ushbu bosqich o'yinlari 3-6 iyul kunlari bo'lib o'tadi.  


1/8 final juftliklari:

"Bunyodkor" - "Qiziriq"

"Metallurg" - "Surxon"

"Olimpik" - "Andijon"

"Navbahor" - "Buxoro"

 "Aral" - "Paxtakor"

"Olimpik Mobiuz" - "Xorazm"

"Mashal" - "Qizilqum"

"So'g'diyona" - "Neftchi"



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia