O'zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichiga qur'a tashlandi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2023
Ayni damda "Sport" telekanalida O'zbekiston Kubogi 1/8 finaliga qur'a tashlash marosimi jonli efirda namoyish etildi.

Guruh g'oliblari: OKMK, "Nasaf", "Bunyodkor", "Turon", "Dinamo", "Olimpik", "Aral", "Xorazm".

Ikkinchi o'rin egalari: "Andijon SGS", "Surxon", "Metallurg", "Buxoro", "Lokomotiv", "Navbahor", "Paxtakor", "Paxtakor-79".


Guruh g'oliblari 1/8 finalda o'zaro to'qnash kelishmaydi va bitta o'yinli ushbu bosqich o'yinlarini uyida o'tkazadi.


O'yinlar 8-10 avgust kunlari bo'lib o'tadi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia