

Anjumanning asosiy mavzusi O'zbekiston kiber futbol o'yinlari associaciyasining O'zbekiston Futbol Federatsiyasi a'zoliliga qabul qilingani bo'ldi.
Shuningdek, anjuman davomida jurnalistlar tomonidan Oliy va Birinchi liga ochilishiga alokador barcha savollarga O'zbekiston kiber futbol o'yinlari associaciyasi rahbarlari javob berdi hamda UCFGA’ning reglamenti, qonun-qoidalari, ishtirokchilar ro'yxati kelishib olindi.
UCFGA prezidenti Azizbek Pattohovning aytishicha, 2017 yil MDH hamda Osiyo mamlakatlari o'rtasida alohida-alohida turnirlarni Toshkentda tashkil qilish rejasi ko'zda tutilgan. Bu esa O'zbekiston kiber futbolini dunyoga tanitish uchun xizmat qiladi.
Bundan tashqari, matbuot anjumanida O'zbekiston kiber futbol o'yinlari associaciyasi kiberfutbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasiga asos solingani haqida ma'lum qilindi. Unga “Qo'qon-1912” a'zosi Dilshod Matyoqubov bosh murabbiy etib tayinlandi. “Nasaf” vakili Xislat Umarov esa terma jamoa sardori bo'ldi. Milliy terma jamoaning qolgan a'zolari Oliy Ligada o'zini ko'rsatgan o'yinchilar orasidan saralab olinadi.
Turli telekanal jurnalistlaridan tashqari matbuot anjumanida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi xamda “Bunyodkor” klubi vakilari ishtirok etdi. Associaciya tomonidan ularga hamkorlik va qullab-quvvatlab kelayotganlari uchun minnatdorchilik sifatida maxsus estalik sovg'alari topshirildi.



