O'zbekiston futzal termasining ispaniyalik murabbiy qo'l ostidagi ilk yig'in uchun chaqirilgan futzalchilar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
12 noya 2023
Ushbu oyda O'zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib boradi.

Xose Venansio Lopes tomonidan O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'ini va Yaponiya futzal terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlariga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati ma'lum qilindi.

Darvozabonlar: Abbosbek O'lmasbekov (OKMK), Ravshan Eliboev (BMB), Humoyun Rahmatullaev ("Paxtakor").

Futzalchilar: Abdulla Solihov, Ravshan ismatullaev, Elbek To'lqinov (OKMK), Akbar Usmonov, Mashrab Odilov, Davron Choriev (BMB), Mehroj Xudoyberdiev ("Dinamo"), Ilhomjon Hamroev, Ixtiyor Ropiev, Dilshod Rahmatov ("Oil Star"), Fazliddin Botirov ("Maksam-Chirchiq"), Jamshid Rahmatullaev ("Nasaf"), Akmal Elmurodov ("Bunyodkor").

Eslatib o'tamiz, Yaponiyaga qarshi uchrashuvlar 22-23 noyabr kunlari "O'zbekiston" sport majmuasida soat 19:00da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати