O'zbekiston futzal terma jamoasining mundialga tayyorgarligi avjida GALEREYA

Tolibjon Qosimov
12 avg 2021
Shu yilning 12 sentyabridan 3 oktyabriga qadar futzal bo'yicha IX Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda. Bugun kunduzgi mashg'ulotda yig'inga chaqirilgan va mundial "zayavka"siga kiritilgan 16 nafar o'yinchining barchasi to'liq qatnashdi. Dastlab 09:00da ispaniyalik Karlos Korona uch kiperimiz bilan ishladi. 10:00dan esa butun jamoa mashg'ulotga kirishdi. Unda boshqa bir ispaniyalik Arkaitz Sisniega Gomez jismoniy yuklamalar berdi, mashg'ulotni yarmidan so'ng Bahodir Ahmedov va Nodir Eliboev turli jihatlarni sinovdan o'tkazish uchun mashg'ulot olib borishdi.

VIDEO  Futzal terma jamoamiz JCHga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Futzal terma jamoamizning bugungi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Foto: Tolibjon Qosimov

VIDEO  Matbuot anjumani. Bahodir Ahmedov: "Jahon chempionatiga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda"


Futzal terma jamoamizning bugungi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Eshitdik-da! Futzal terma jamoamizning Jahon chempionatiga boradigan tarkibi ma'lum


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia