O'zbekiston futzal terma jamoasi yopiq eshiklar ortida o'tgan o'yinda Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Sherzod Nurmatov
22 dek 2025
O'zbekiston futzal terma jamoasi Buxoro shahrida Rossiyaga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida qatnashdi.

Unda Nodir Eliboev shogirdlari 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. 

28-daqiqada maydon egalaridan Samariddin Berkinov gol urgan bo'lsa, mehmonlardan Artyom Niyazov (2 ta), Kirill Shurok gol urdi.

Rossiya bilan bo'lib o'tgan ilk o'rtoqlik o'yinida O'zbekiston 3:2 hisobida zafar quchgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia