O'zbekiston futzal terma jamoasi JCHdagi omadsizliklardan so'ng FIFA reytingida ancha pastga tushib ketdi

Khoja
12 okt 2024
FIFA rasmiy sayti futzal bo'yicha jahon chempionatidan keyin milliy jamoalarning reytingini yangiladi.

Unga ko'ra, O'zbekiston futzal jamoasi 10 pog'ona pastladi. JCHdagi muvaffiqatsizlikka uchragan futzalchilarimiz 11-o'rindan 21-o'ringa tushib ketishdi. 

Chempionlikka erishgan Braziliya 1-o'rinda bo'lsa, Portugaliya va Argentina uchlikdan joy olgan. 

FIFA reytingi. Oktyabr. Futzal.

1. Braziliya

2. Portugaliya

3. Argentina

4. Ispaniya

5. Qozog'iston

6. Eron

7. Marokash

8. Rossiya

9. Ukraina

10. Fransiya

11. Tailand 

.. 13. Yaponiya

..21. O'zbekiston.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston JCH-2024 A guruhida Niderlandiya bilan durang qayd etib, Paragvay va Kosta-Rikaga mag'lub bo'ldi va guruhda so'nggi o'rinni egallagandi.


KhojaMuallif
Manba: FIFA.com