O'zbekiston futzal terma jamoasi "Continental" xalqaro turniri yarim finaliga yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
27 iyul 2021
Futzal terma jamoamiz "A" guruhida ikkinchi o'rinni egalladi.

Eslatib o'tamiz, biroz oldin terma jamoamiz bahs yakuniga 33 soniya qolganida gol o'tkazib, mag'lubiyatga uchragandi. 

"A" guruhida O'zbekiston 6 ochko bilan 2-o'rinni oldi. Tailand esa 7 ochko bilan peshqadamga aylandi. Alohida aytish lozim, to'plar farqiga ko'ra O'zbekiston +12, Tailand esa +3 natijani qayd etdi.

"B" guruhida Eron 7 ochko bilan 1-o'rinni band etgan bo'lsa, Misr 4 ochko bilan 2-o'rinni egalladi. 

Endi futzalchilarimiz 29 iyul kuni yarim final uchrashuvida "B" guruhi g'olibi Eron termasiga qarshi o'ynasa, "A" guruhi peshqadami Tailand Misr bilan bellashadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia