O'zbekiston futzal federatsiyasi rasmiy homiysi e'lon qilindi

Omonjon To`xtamirzayev
6 mar 2025
Kuni-kecha, O'zbekiston futzal federatsiyasi "Orient Ceramic" kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi, deb xabar berdi federatsiya matbuot xizmati.

"O'zbekiston bozorida 6 yildan ko'proq muddatdan buyon mijozlarga xizmat ko'rsatib kelayotgan kompaniya keramogranit va keramik plitaning umumiy 300dan ortiq turli modellarini ishlab chiqaradi. Shuningdek, kompaniya o'z mahsulotini Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'iz Respublikasi va Rossiya Federatsiyasiga eksport qilishni yo'lga qo'yib ulgurgan.

“Orient Ceramic” O'zbekiston futzal federatsiyasiga mazkur turni mamlakatimizda yanada keng targ'ib qilish, O'zbekiston chempionati nufuzini oshirish, yurtimizda ayollar futzalini rivojlantirish, terma jamoalarimizning xalqaro arenalarda yuksak natijalarni qo'lga kiritishi uchun barcha zarur shart-sharoitni yaratishida yaqin ko'makchi bo'lishiga umid qilamiz.

O'zbekiston futzal federatsiyasi bilan “Orient Ceramic” o'rtasida imzolangan ushbu bitim har ikkala tomon uchun xayrli bo'lishiga ishonamiz" - deyiladi xabarda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Ўзбекистон футзал федерацияси матбуот хизмати