O'zbekiston futzal federatsiyasi "Kelme" bilan hamkorlik qiladi

Sherzod Nurmatov
24 mar 2025
O'zbekiston futzal federatsiyasi jahonning sport kiyimlari va aksessuarlari ishlab chiqaruvchi mashhur brendlardan biri "Kelme" bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

O'z navbatida, tomonlar vaziyatdan kelib chiqib, hamkorlik muddatini uzaytirish borasida ham kelishuvga erishdi.

Endilikda O'zbekistonning barcha futzal terma jamoalari ispan brendi etkazib beradigan liboslardan foydalanadi. 

Eslatib otamiz, "Kelme" OFK (Osiyo futbol konfederatsiyasi)ning rasmiy hamkori hisoblanadi. Shuningdek, juda ko'plab xorij futzal klublari mazkur kompaniya liboslarida maydonga tushishadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/Futsal_Uzbekistan