O'zbekiston Futbol Federatsiyasining vakillari Jizzax viloyatiga tashrif buyurdilar

Narzulla Saydullayev
8 dek 2017
Xabaringiz bor,O'zbekiston Futbol Federatsiyasining prezidenti U.Ahmadjonovning 24 noyabr kuni federatsiya vakillaridan tashkil topgan ishchi gurux tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunda ishchi guruh a'zolari viloyatlarga tashrif bo'yurib joydarda futbol uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqmoqda.

Belgilangan dastur va jadval asosida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi  vakillari  Karimjonov Botir (O'FF terma jamoalar boshqarmasi mutaxassisi),Sultonov Mamur (O'FF texnik rivojlanish bo'limi mutaxassisi) 7 dekabr kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi va viloyatda futbol uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Federatsiya vakillari dastavval “So'g'diyona” sport majmuasiga tashrif buyurdi  va u erdagi hakamlar,futbolchilar,OAV hodimlari va muhlislar uchun yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirib,majmuadagi holatni ijobiy baholadilar. Shuningdek, Jizzax viloyat Futbol Federatsiyasi ofisi, “So'g'diyona” PFK ofisi u erdagi hodimlar faoliyati ko'zdan kechirildi. Shundan so'ng,ishchi guruh vakillari “So'g'diyona” qarorgohi ,Jizzax viloyati futbol maktab-internatiga tashrif buyurdi va u erdagi yaratilgan sharoitlar bilan batafsil tanishdilar. Tashrif davomida federatsiya vakillari Jizzax Olimpiya zahiralari kollejida ham bo'lib,yosh charm to'p ustalari uchun yaratilan sharoitlar bilan tanishdi. Ishchi guruh a'zolari yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklarni ham sanab o'tib ularni bartaraf etish uchun o'z tavsiyalarini berishdi.

So'g'diyona matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz