O'zbekiston futbol federatsiyasining ishchi guruh a'zolarining Andijon viloyatiga tashrifi FOTOGALEREYA

Narzulla Saydullayev
7 dek 2017
6 dekabr, chorshanba kuni O'zbekiston futbol federatsiyasining ishchi guruh a'zolari Andijonda bo'lib, viloyat futboli bilan yaqindan tanishdi.

Joriy yil 24 noyabr kuni O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti U.Axmatdjanov tomonidan tasdiqlangan 156-i/ch – sonli buyruqga asosan tasdiqlangan ishchi guruh tomonidan hududlarga borib o'rganish ishlari olib borilmoqda.
 
 Tasdiqlangan jadvalga asosan 2017 yil 6 dekabr kuni ishchi guruh a'zolari Andijon shahriga tashrif buyurdilar. Ishchi guruh a'zolarini kutib olish ishlari yuqori saviyada tashkil etildi. Guruh a'zolarini Andijon shahrida joylashgan “Navro'z” o'yingohi, viloyat futbol federatsiyasi ofisi, Andijon shahar “Sho'rbuloq” dahasida joylashgan futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, “Sog'lom avlod” o'yingohi, “Barkamol avlod” sport majmuasi hamda “Andijon” futbol klubining faoliyati hamda amalga oshirilayotgan ishlarni ko'rsatish maqsadida olib borildi. O'rganish jarayonida yutuqlar bilan bir qatorda ayrim kamchiliklar ham aytib o'tildi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida viloyat futbol federatsiyasi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.
 
 Shuningdek ishchi guruh a'zolari Andijon viloyatiga qilgan tashrifini yakunlab 2017 yil 7 dekabr tongida Farg'ona viloyatiga kuzatib qo'yildi.
 
 IslombekRustambekov.

 

 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia